TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Sport vazirligi rahbariyati bilan bo‘lgan uchrashuvda 2028-yilda Los Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida yo‘llanmalar soni va musobaqalar turini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.
“Misol uchun, Olimpiya o‘yinlarida yengil atletika bo‘yicha 48 ta, suv sporti turlarida 49 ta dastur mavjud. Lekin vakillarimiz ularda 5 va 4 ta yo‘llanma bilan qatnashdi, xolos.
Tennis, o‘q otish, gimnastika, velosport bo‘yicha federatsiyalar ham, sharoit ham bor. Yunon-rum kurashi, ot sporti, qilichbozlik, eshkak eshish bo‘yicha hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘p. Chim ustida xokkey, basketbol, gandbol, regbi, suv polosi kabi jamoaviy sport turlarini ham rivojlantirish zarur, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, kelgusi yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo va Paraosiyo yoshlar o‘yinlaridang so‘ng Toshkentda barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasi infratuzilmasidan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.
Sport vazirligi rahbariyati
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana prezi