Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukraina razvedka xizmatining asosiy maxsus radioaloqa markaziga zarba berdi

Mudofaa vazirligi: Rossiya harbiylari Ukraina harbiy razvedkasining maxsus aloqa markaziga zarba berdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining aviatsiya, artilleriya va dron ekipajlari Ukraina harbiy razvedkasining maxsus radioaloqa bosh markazi va uning aerodromlarining muhim obyektlariga zarba berdi, deya xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari qo‘shinlarining tezkor-taktik aviatsiyasi, uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa kuchlari va artilleriyasi Ukraina Qurolli kuchlari bosh razvedka boshqarmasining maxsus radioaloqa bosh markazi, Ukraina aerodrom infratuzilmasining muhim obyektlariga zarba berdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, 142 ta hududda dushmanning ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berilgan. Havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 41 ta uchuvchisiz samolyotini urib tushirdi, deya aniqlik kiritdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Biz armiya va flotni texnik jihatdan qayta jihozlashga katta e’tibor qaratapmiz — Putin