Rossiya temir yo‘llari O‘zbekistonda vakolatxona ochadi

"Rossiya temir yo‘llari" kompaniyasi rahbari Oleg Belozorov Rossiya-O‘zbekiston muzokaralarida ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. “Rossiya temir yo‘llari” ochiq aksiyadorlik jamiyati O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochadi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya temir yo‘llari rahbari Oleg Belozorov Rossiya-O‘zbekiston muzokaralarida ishtirok etdi.
Rossiya temir yo‘llari rahbari Oleg Belozorov Rossiya-O‘zbekiston muzokaralarida ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tuzilgan Toshkent-Moskva poyezdlari qatnovining qayta tiklangani hamkorlikning asosiy natijalaridan biri bo‘ldi.
Poyezd 24-sentabrdan haftasiga bir marta, 15-dekabrdan esa haftada ikki marta yangi jadval joriy etilgandan so‘ng harakatlana boshlaydi.
“Yaqin kunlarda O‘zbekistonda “Rossiya temir yo‘llari”ning vakolatxonasi ochiladi”, — deyiladi xabarda.
Sayyohlik poyezdlari yo‘nalishlari variantlari ham birgalikda ko‘rib chiqilmoqda.
Yuk tashish segmentida “Agroekspress” tezlashtirilgan sovutkichli konteyner poyezdini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

“Rossiya temir yo‘llari va o‘zbek hamkorlari keng ko‘lamli yo‘nalishlarda ish olib bormoqda: xalqaro infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirish, yo‘lovchi tashishni rivojlantirish, logistika xizmatlarini kengaytirish, raqamlashtirish, ta’lim dasturlari va gumanitar hamkorlik”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Vitaliy Savelyev, Rossiya prezidenti maslahatchisi Igor Levitin va "Rossiya temir yo‘llari" kompaniyasi boshqaruvi raisi Oleg Belozorovdan iborat delegatsiyani qabul qilgandi.
Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar