Putin: faqat ayollar ishtirokida taraqqiyot, farovonlik va totuvlikka erishish mumkin

Vladimir Putin to‘rtinchi Yevroosiyo ayollar forumining yalpi majlisida nutq so‘zladi.
Sputnik
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Faqat ayollar ishtirokida taraqqiyot, farovonlik va totuvlikka erishish mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin to‘rtinchi Yevroosiyo ayollar forumining yalpi majlisida ma’lum qildi.
Rossiya yetakchisi Yevroosiyo ayollar forumining yalpi majlisida nutq so‘zladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu zamonaviy dunyoda ularning rolini muhokama qilish va global muammolarni hal qilishda umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish uchun sayyoramizning barcha qit’alaridagi ayollar yetakchilarini birlashtirgan eng yirik xalqaro platformadir.
Bu yil forumda 126 ta davlatdan 1500 nafardan ortiq kishi ishtirok etmoqda.

“Albatta, bu zamonaviy ayollarning salohiyati va imkoniyatlarini, hayotimizning deyarli barcha jabhalaridagi chinakam ulkan bunyodkorlik rolini namoyish etuvchi eng nufuzli xalqaro maydonlardan biridir. Ayniqsa, forumingiz bugungi kunning eng muhim talablarini aks ettirayotganini, barqaror rivojlanish va umumbashariy xavfsizlik yo‘lida birlashish g‘oyalarini ilgari surayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. Bugungi kunda bu har qachongidan ham dolzarb va barcha qit’alarda millionlab odamlar tomonidan talab qilinadi. Axir, insoniyat juda qiyin muammolarga duch kelmoqda va ularni faqat bir-birining manfaatlarini hisobga olgan holda birgalikda hal qilish mumkin”, — deya qayd etdi Putin.

Yevroosiyo xotin-qizlar forumiga bo‘lgan katta qiziqish uning kun tartibida ayollarning jamiyatdagi o‘rni haqidagi odatdagi muhokamadan tashqariga chiqqani ham sababdir. Bu yerda allaqachon o‘z kasbida yuksak cho‘qqilarni zabt etgan yetuk ayollar yig‘ilgan.
“Sizning ijodiy, boshqaruv, intellektual, gumanitar, ta’lim sohasidagi tajribangiz, albatta, sayyoramizdagi milliardlab odamlar uchun katta ahamiyatga ega. Bularning barchasi forumni eng dolzarb muammolarni hal qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun global platformaga aylanishiga imkon berdi. Forumning nufuzi tobora ortib bormoqda. Sizning ovozingiz turli mamlakatlar hukumatlari tomonidan eshitiladi va inobatga olinadi. Sizning tavsiyalaringiz yirik xalqaro tashkilotlar tomonidan inobatga olinadi”, — deya qayd etdi Rossiya yetakchisi.
U o‘z so‘zida Rossiyaning barcha ayollariga jamiyat farovonligi uchun qilgan mehnatlari, ajoyib ijodiy g‘ayrati uchun minnatdorchilik bildirdi.
“Ishonchim komilki, forumda ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlari ham mening his-tuyg‘ularimni baham ko‘rishadi va o‘z davlatlari ayollariga minnatdorchilik so‘zlarini aytishlari mumkin. Chunki hayot ishonchli tarzda isbotlaydi: faqat ayollar ishtirokida taraqqiyot, farovonlik va totuvlikka erishish mumkin. Busiz chinakam farovon dunyo bo‘lishi mumkin emas”, — dedi u.
Ma’lum qilinishicha, Rossiyada ayollar tadbirkorligi jadal rivojlanmoqda: birgina o‘tgan yilning o‘zida tadbirkor ayollar soni qariyb uchdan birga oshdi. Hozir Rossiyada olti million ayol o‘z biznesini yuritmoqda.
O‘zbekistonda rahbarlik lavozimlaridagi ayollar soni 35 foizga oshdi — Narbayeva
Eslatib o‘tamiz, kecha Sankt-Peterburgda IV Yevroosiyo ayollar forumi (YeAF) boshlandi. Forum mazusi: “Ayollar ishonch va global hamkorlikni mustahkamlash tarafdori”. Tadbir 18-20 sentabr kunlari ko‘plab mamlakatlardan parlament deputatlari, ijro hokimiyati organlari, xalqaro tashkilotlar, ishbilarmon doiralar, biznes, ilmiy jamoatchilik, jamoat tashkilotlari va xayriya loyihalari vakillari, xalqaro xotin-qizlar harakatining nufuzli arboblarini birlashtiradi.