O‘zbekiston va Tojikiston yangi havo yo‘lagi yaratadi

Ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida yangi havo yo‘nalishi bo‘yicha tegishli kelishuv “O‘zaeronavigatsiya” va “Tojikaeronavigatsiya” tomonidan imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Toshkent va Dushanbe o‘rtasida yangi havo yo‘lagi paydo bo‘ladi, deb xabar berdi Tojikistonning “Xovar” milliy axborot agentligi.
Ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida yangi havo yo‘nalishi bo‘yicha tegishli kelishuv “O‘zaeronavigatsiya” va “Tojikaeronavigatsiya” tomonidan imzolandi.
Yangi havo yo‘nalishi bo‘yicha tegishli kelishuv “O‘zaeronavigatsiya” va “Tojikaeronavigatsiya” tomonidan imzolandi.
Tojikistonlik mutaxassislarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi davomida O‘zbekiston hududidan boshlanib, Tojikiston hududida “AGVUT” punktida tugaydigan yangi yo‘laklarning texnik jihatlari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, yangi yo‘nalish tashuvchilar uchun vaqt va yoqilg‘i sarfini tejash nuqtayi nazaridan juda foydali.
“Tojikaeronavigatsiya” ishchi guruhi “O‘zaeronavigatsiya” markazi faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, “Uzbekistan Airways" Milliy aviakompaniyasi o‘quv binosidagi Aeronavigatsiya axborot xizmati hamda Ta’lim va o‘quv markazida bo‘ldi.