TOShKENT, 18 sen — Sputnik. 2024 yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 266 tani tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Kuchli uchlikdan Rossiya 2 972 ta, Qozog‘iston 1 065 ta, Tojikiston 295 ta korxona bilan o‘rin oldi.
Boshqa davlatlar:
Qirg‘iz Respublikasi – 268 ta;
Ozarbayjon – 239 ta;
Belarus – 213 ta;
Turkmaniston – 192 ta;
Armaniston – 46 ta;
Moldova – 27 ta.