TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga keldi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Ostona xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Bugun O‘zbekiston yetakchisi ikkinchi "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan ikkinchi "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etadi. Tadbirda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.