TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan bugun tongda ikkinchi "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Tadbirda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.
Sammitda mintaqa mamlakatlarining Germaniya bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.
"Markaziy Osiyo – Germaniya" formatidagi birinchi sammit o‘tgan yilning 29-sentabr kuni Berlin shahrida o‘tkazilgan edi.