BMT Kiyevning Kursk viloyatiga tashrif buyurish haqidagi provokatsion chaqiruviga javob berdi

BMT: biz Rossiya Federatsiyasidan ruxsat olishimiz kerak.
Sputnik
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) xodimlariga Kursk viloyatiga tashrif buyurish uchun Rossiya ruxsati kerak. Bu haqda tashkilot bosh kotibi vakili Stefan Dujarrik ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Stefan Dujarrik Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiganing “taklifi”ga munosabat bildirdi.

"Bizdan qisqa javob — ha, biz buni qilishga tayyormiz, lekin biz Rossiya Federatsiyasidan ruxsat olishimiz kerak", — dedi u.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari Andrey Sibiganing Kiyev BMT va Xalqaro Qizil Xoch vakillarini Kursk viloyatidagi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan hujumga uchragan aholi punktlariga tashrif buyurishga taklif qilgani haqidagi bayonotini provokatsiya deb atagan edi.