TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston Tumenda ish boshlagan TNF sanoat-energetika forumida ishtirok etmoqda, deya xabar berdi tadbir tashkilotchilari.
Bugun Tumenda TNF sanoat-energetika forumi ish boshladi. Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Tumen viloyati gubernatori Aleksandr Moorning so‘zlariga ko‘ra, forum bu mamlakatning asosiy sanoat platformalaridan biri bo‘lib, ayniqsa, neft va gaz sanoati uchun katta ahamiyatga ega.
“Biz buyuk o‘zgarishlar davrida yashayapmiz. Bu nafaqat energetika sohasiga tegishli... Bunday davrlarda uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish uchun yangi texnologik yechimlar va yangi hamkorlarni izlash muhim bo‘ladi. Bizning forum... ana shunday masalalar muhokama qilinadigan, yechim topiladigan maydondir”, — dedi Aleksandr Moor.
Forumda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Misr, Kuvayt va Saudiya Arabistonidan o‘n ikki mingga yaqin ekspert va sakkiz yuzdan ortiq kompaniya xodimlari qatnashmoqda.
Yoqilg‘i-energetika sohasi uchun innovatsion ishlanmalar va yechimlar ko‘rgazmasida 70 tadan ortiq kompaniya Rossiyada ishlab chiqarilgan, jumladan, burg‘ulash va quruqlikda uglevodorod xomashosini qazib olish hamda geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha import o‘rnini bosuvchi texnologiya va uskunalarni taqdim etishmoqda.
Forum 19-sentabrga qadar davom etadi.