Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi ikkita aholi punktini ozod qildi

Rossiya Qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi Uspenovka va Borki aholi punktlarini ozod qildi.
Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Rossiya armiyasi Kursk viloyatidagi Uspenovka va Borkini ozod qildi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
“Shimoliy qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari hujum amaliyotlarini davom ettirib, Uspenovka va Borki aholi punktlarini ozod qildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan tashqari, ular Lyubimovka, Novoivanovka, Darino, Nikolo-Darino, Tolstoy Lug, Plexovo va Pokrovskiy hududlarida sakkizta Ukraina brigadalarining tuzilmalarini mag‘lub etishdi.
Shuningdek, “Shimol” jangchilari Ukraina Qurolli kuchlarining Baxovo, Bolshaya Obuxovka, Viktorovka, Lyubimovka va Malaya Loknya aholi punktlari yo‘nalishidagi qarshi hujumlarini qaytardi.
"Natijada Ukraina Qurolli kuchlari 40 nafarga yaqin kishisini yo‘qotdi va yaralandi, to‘rtta zirhli jangovar mashina yo‘q qilindi",— deya ta’kidladi Mudofaa vazirligi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya bir kechada Ukrainaning 29 ta dronini yo‘q qildi