TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Shu yilning oxiriga qadar Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK)ga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlar hududlarida xalqaro roumingda uyali aloqa xizmatlari tariflaridan foydalanish loyihasi taqdim etiladi. Bu haqda YeIK Monopoliyaga qarshi tartibga solish departamenti direktori Sergey Maksimov ma’lum qildi.
“Hozirda komissiya aloqalar bo‘yicha ishchi guruhi bilan birgalikda rejaning yakuniy tadbirlarini amalga oshirmoqda, xususan: YeOII a’zo davlatlari hududlarida xalqaro roumingda uyali aloqa xizmatlari uchun adolatli tariflardan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish, bu esa tarif bosqichini, ko‘rsatiladigan aloqa xizmatlari hajmini va a’zo davlatlarning aloqa operatorlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning boshqa jihatlarini belgilaydi. Joriy yil oxirigacha qoidalar loyihasi komissiya hay’atiga tasdiqlash uchun kiritilishi kerak”, — deyiladi xabarda.
Hozirda YeOIIga a’zo davlatlarning davlat organlari va aloqa operatorlari uyushma hududida roumingda aloqa xizmatlari uchun “adolatli tariflar”ni joriy etish masalasini muhokama qilmoqda. Rouming 2025-yilning birinchi choragida bekor qilinadi. YeIK rouming bekor qilinishini birinchi marta 2023-yilda e’lon qildi.