“Yadro urushidan hech birimiz omon qolmaymiz” — kongressmen amerikaliklarga murojaat qildi

Kongressmen Grin amerikaliklarga Ukraina masalasida iltimos bilan chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. AQShning Respublikachilar partiyasidan kongressmen Marjori Teylor Grin X ijtimoiy tarmog‘ida amerikaliklarga Ukrainadagi mojaro tufayli murojaat qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Amerikaliklarning aksariyati Ukraina-Rossiya urushini moliyalashtirish va qo‘zg‘atishni qo‘llab-quvvatlamaydi. Buning o‘rniga ular o‘z muammolarimizni hal qilishni va o‘z chegaramizni himoya qilishni xohlashadi", — deb yozadi u.
Grin hozir qabul qilinayotgan qarorlar Uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
"Men barcha amerikaliklarni befarq qolmaslikka chaqiraman, chunki yadro urushidan hech birimiz omon qola olmaymiz", — dedi kongressmen.
Shu hafta Rossiya yetakchisi Vladimir Putin alyans davlatlari Kiyevning G‘arbning uzoq masofali raketalarini qo‘llash imkoniyatini shunchaki muhokama qilmayapti, aslida ular Ukraina mojarosiga bevosita qo‘shilish to‘g‘risida qaror qabul qilishayotganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, NATO davlatlarining harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etishi ularning mohiyatini o‘zgartiradi.