TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasi orqali amalga oshirilayotgan yuk tashuvlari rivojlantiriladi, deya xabar berdi transport vazirligi.
Uzbekistan i Kirgizstan obsudili voprosi razvitiya gruzoperevozok na avtotransporte.
© Ministerstvo transporta Respubliki Uzbekistan
"Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” – “Dostuk” chegara bojxona postlarida O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat bojxona, chegara xizmatlari hamda transport vazirliklari vakillaridan iborat ishchi guruhlarning uchrashuvi o‘tkazildi", — deyiladi xabarda.
Uchrashuv doirasida ikki tomonlama yuk tashuvlari hamda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston yo‘nalishi orqali amalga oshirilayotgan yuk tashuvlarini rivojlantirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Uzbekistan i Kirgizstan obsudili voprosi razvitiya gruzoperevozok na avtotransporte.
© Ministerstvo transporta Respubliki Uzbekistan
Tomonlar shuningdek, chegara bojxona postlari orqali transport qatnovi bilan bog‘liq bo‘lgan tirbandliklarni oldini olish kabi masalalarni ham muhokama etishdi.