Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya bir kechada Ukrainaning 29 ta dronini yo‘q qildi

Mudofaa vazirligiti: havo hujumidan mudofaa kuchlari bir kechada yetti viloyatda Ukraina Qurolli kuchlarining 29 ta dronini yo‘q qildi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari bir kechada Bransk, Kursk, Smolensk, Orlov, Belgorod, Kaluga va Rostov viloyatlari uzra 29 ta Ukraina dronlarini yo‘q qildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayangan holda xabar berdi.
“O‘tgan tunda Kiyev rejimining Rossiya Federatsiyasi hududidagi nishonlarga samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida terrorchilik hujumlarini amalga oshirishga urinishi to‘xtatildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Ukrainaning yigirma to‘qqizta uchuvchisiz uchish apparati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilindi, ulardan: o‘n beshtasi Bransk, beshtasi Kursk, to‘rttasi Smolensk, ikkitasi Orlov viloyatlarida va bir vaqtning o‘zida - Belgorod, Kaluga va Rostov viloyatlari hududlari bo‘ylab.