TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoydagi Osiyo chempionatini 10 ta medal bilan yakunlashdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, 19 va 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda o‘zbekistonlik sportchilar jami 3 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
“Ikkinchi kungi final bahslarida hamurtlarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqdilar”, — deyiladi xabarda.
Oltin medal: M2-: Daler Ashurov, Bobomurod Pardayev (U19), W2-: Aydana Smetullayeva, Rayxona Sattarova (U19), M2-: Shaxriyor Hamdamov, Obidjon Jo‘raqulov (U23).
Kumush medal: M2x: Jamolbek Turg‘unov, Bobur Muhiddinov (U19), M1x: Mehroj Mamatqulov (U23), M4-: Daler Ashurov, Shaxriyor Sharifov, Muhammad Boboyev, Bobomurod Pardayev (U19).
Bronza medal: M4x: Mehroj Mamatqulov, Sobir Safaraliyev, Samir Roziqov, Samandar Hamroqulov (U23), W4-: Aydana Smetullayeva, Rayxona Sattarova, Rayxona Karimova, Nurila Abdullayeva (U19), M2x: Samir Roziqov, Sobir Safaraliyev (U23), M4-: Shaxriyor Hamdamov, Obidjon Jo‘raqulov, Ramiz Mustafoyev, Sardor Xayrullayev (U23).
Endi sportchilar kelasi oy Samarqandda o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirishadi.