Matbuot markazi

Sanksiyalarning Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi qo‘shma loyihalarga ta’siri — ekspert javobi

Ekspertga ko‘ra, ikkilamchi sanksiyalar bir tomonlama va ekstraterritorial xususiyatga ega, bu esa ularni xalqaro huquq nuqtayi nazaridan noqonuniy qiladi.
Sputnik
Bir vaqtning o‘zida sanksiyalar rejimiga rioya qilish va 10 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirishning imkoni yo‘q. Bu fikrni “Ma'no” tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida o‘tkazilgan Moskva-Toshkent videoko‘prigi chog‘ida aytib o‘tdi.
Ekspertga ko‘ra, ikkilamchi sanksiyalar bir tomonlama va ekstraterritorial xususiyatga ega, bu esa ularni xalqaro huquq nuqtayi nazaridan noqonuniy qiladi, biroq O‘zbekiston ularga ko‘p jihatdan bo‘ysunishga majbur, bu esa biznes yuritish va loyihalarni amalga oshirishni qiyinlashtiradi.
“Yoki biz sarmoya olamiz, uzoq muddatli iqtisodiy ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan loyihalarni amalga oshiramiz yoki sanksiyalarga amal qilamiz, qo‘rqamiz... biz bu... noqonuniy sanksiyalarni qo‘llayotgan mamlakatlarni xafa qilmaslik uchun hamma narsani qilamiz. Menimcha, bu borada qandaydir siyosiy qaror qabul qilish kerak bo‘ladi”, — dedi Ergashev.
Batafsil – eksklyuziv videomizda.