TOShKENT, 14 sen — Sputnik. 13 sentabr kuni Moskvada, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MGIMO sport majmuasida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining(YeIK) IV Spartakiadasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Tantanali marosimda YeIK hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev ishtirok etdi.
U o‘z nutqida bu yil Spartakiada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining 10-yilligiga to‘g‘ri kelganini ta’kidladi.
IV Spartakiada Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii proxodit 13-sentabrya v Moskve na ploshadke sportivnogo kompleksa MGIMO MID Rossii.
© YeEK
“Spartakiada shunchaki musobaqa emas, bu Komissiyada faol va sog‘lom turmush tarzi qadriyatlarini targ‘ib qilishdir”, - deb ta’kidladi YeIK hay’ati raisi.
Sport tadbirida Komissiyaning 500 dan ortiq xodimlari va mutasaddilari, jumladan, Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqining beshta davlatidan vakillar — muxlislar ishtirok etdi.
IV Spartakiada Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii proxodit 13-sentabrya v Moskve na ploshadke sportivnogo kompleksa MGIMO MID Rossii.
© YeEK
Sport musobaqalari dasturiga 28 yo‘nalish: mini-futbol, basketbol, voleybol, katta tennis, shaxmat, kross, estafeta, arqon tortish va boshqalar kiritildi.