Xivada Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi o‘tkazilmoqda

Forum doirasida Senat raisi Tanzila Narbayeva Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston parlamentlari palatalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. 12-sentabr kuni Xiva shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi o‘z ishini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Forumda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston parlamentlari rahbarlari va delegatsiyalari, shu jumladan, yoshlar parlamenti va guruhlari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari vakillari ishtirok etmoqda.
Predsedatel Senata v ramkax foruma provela vstrechi s rukovoditelyami palat parlamentov
Forum Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda parlamentlararo komissiyalar, do‘stlik guruhlari, davlat hokimiyati vakillik organlari, yoshlar parlamentlari hamda xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirish maqsadini ko‘zlaydi.
Forum doirasida to‘rtta panel sessiya o‘tkazilmoqda hamda ishtirokchilar quyidagi asosiy masalalarni muhokama qilmoqda:
Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikning yangi shakllari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
Markaziy Osiyo mamlakatlari hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda parlamentlararo komissiyalar, do‘stlik guruhlari va mahalliy vakillik organlarining faol ishtirokini kengaytirishga qaratilgan takliflar tayyorlash;
Markaziy Osiyo mamlakatlari yoshlar parlamentlari va guruhlarining mintaqa parlamentlari rahbarlariga murojaatlarini yuborish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda xotin-qizlar va yoshlarning rolini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.
Forum yakunida Markaziy Osiyo davlatlarining parlamentlararo tashabbuslar doirasidagi kelgusidagi harakatlari va hamkorligi uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan Xiva deklaratsiyasi qabul qilinadi.
Forum doirasida Senat raisi Tanzila Narbayeva Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston parlamentlari palatalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda mintaqada qayd etilgan natijalar, shubhasiz, davlatlar rahbarlarining o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlari tufayli ro‘y berayotganini alohida ta’kidlandi.
Predsedatel Senata v ramkax foruma provela vstrechi s rukovoditelyami palat parlamentov
Shuningdek, muhokamalar davomida parlamentlararo aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda parlament nazoratidan unumli foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. Bu borada parlamentlararo do‘stlik guruhlari va hamkorlik komissiyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish lozimligi qayd etildi.
Predsedatel Senata v ramkax foruma provela vstrechi s rukovoditelyami palat parlamentov
Shu bilan birga, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha huquqiy asoslarni takomillashtirish, mahalliy vakillik organlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish ishlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.