O‘zbekiston uchun barcha transport koridorlari muhim, dedi Sputnik matbuot markazida bo‘lib o‘tgan videomuloqotda O‘zbekiston Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov.
Shimoliy, janubiy, sharqiy yo‘nalishlagi transport yo‘laklarini rivojlantirish biz uchun birdek muhim. Chunki yangi yo‘laklar O‘zbekistonga tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, eksport va importni diversifikatsiya qilish, hududiy kooperatsiyani mustahkamlash hamda O‘zbekistonning tranzit imkoniyatlarini kuchaytirish imkonini beradi, - dedi Xolmatov.
Biz besh davlat bilan chegaradoshmiz, demak o‘z davlatimizning tranzit potensialidan ham foydalanishimiz mumkin, dedi mutaxassis.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.