O‘zbekiston o‘z uchuvchisiz apparatlarini yaratishdan manfaatdor, dedi Sputnik matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanda "Ma’no" tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev.
"Bu haqida so‘nggi besh yil ichida bir necha bor aytilgan edi. O‘zbekiston tashqi bozorlarni o‘rganish maqsadida faol izlanishlar ham olib borgan, hamkorlar qidirgan. Xususan, biroz oldin Turkiya ham hamkor sifatida ko‘rib chiqilgan edi.
Bu borada Rossiya bilan qo‘shma korxona tuzilishi e’lon qilinishi juda katta yutuq deb hisoblayman. Chunki bu istiqbolli yo‘nalish, yangi texnologiyalar.
Kelajakda O‘zbekiston ularni imkon qadar mahalliylashtirishga harakat qiladi. Ularni ishlab chiqarish klaster ko‘rinishida yo‘lga qo‘yilib bir vaqtning o‘zida bir necha sanoat yo‘nalishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi", —dedi Ergashev.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.