NATO Ukrainaga qo‘shin yuborishni rejalashtirmoqda — Rossiya Mudofaa vazirligi

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin Pekindagi 11-Sanshan xavfsizlik forumi ochilishida shunday dedi.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. NATO davlatlari Kiyev formulalari bo‘yicha Rossiyani muzokaralarga kuch bilan majburlash uchun sharoit yaratish maqsadida Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin Pekindagi 11-Sanshan xavfsizlik forumi ochilishida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“Rossiyani Kiyev formulalari bo‘yicha muzokaralarga kuch bilan majburlash uchun sharoit yaratish maqsadida NATO davlatlari o‘z qo‘shinlarini Ukrainaga yuborishni rejalashtirmoqda”, - dedi u.
Fominning ta’kidlashicha, bu yadroviy kuchlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli o‘yin.
12-14 sentabr kunlari Pekinda Sanshan xavfsizlik forumi bo‘lib o‘tmoqda. Fomin forumda Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda.
NATO Rossiya bilan urush tomon ketmoqda — OAV