Ko‘chmanchilar o‘yinlarida O‘zbekiston uchinchi o‘rinni egalladi

V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida 89 ta davlatdan jami 2500 nafar sportchi ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Ostonada 8-13 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida medallar hisobi bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.
O‘zbekiston jamoasi 11 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza – jami 34 ta medalga ega bo‘lgan.
Ikkinchi o‘rinda — 18 oltin, 21 kumush va 25 bronza (64) bilan Qirg‘iziston terma jamoasi.
Birinchi o‘rinni Qozog‘iston egalladi, uning jamoasi 114 ta medal: 44 ta oltin, 33 ta kumush va 37 ta bronza.
Vsemirnie igri kochevnikov: medalniy zachet
Kuchli beshlikka Rossiya (jami 46 ta medal) hamda Turkiya (jami 6 ta medal) ham kirgan.
V Butunjahon Ko‘chmanchilar o‘yinlarida 89 ta davlatdan jami 2500 nafar sportchi ishtirok etdi. Ular sportning 21 turi bo‘yicha bellashdilar.

O‘yinlarning ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Mirziyoyev ishtirokidagi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimi qanday o‘tdi?