Xitoy BRIKS davlatlarini terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirishga chaqiradi

Van I: BRIKS davlatlari terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirishi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. BRIKS mamlakatlari terrorizm va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirishi kerak. Bu haqda XXR tashqi ishlar vaziri Van I Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan BRIKSning xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakillari yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Van Ining so‘zlariga ko‘ra, BRIKSga a’zo davlatlar terrorizmga qarshi kurash va kiberxavfsizlik masalalarida o‘xshash pozitsiya va manfaatlarga ega.
“Konsensusni mustahkamlash, muvofiqlashtirishni kuchaytirish, uzoq muddatli va barqaror muvofiq hamkorlikni rivojlantirish zarur”, — deya diplomat so‘zlarini keltiradi Xitoy TIV rasmiy sayti.
Van I BMTni terrorizmga qarshi global hamkorlikdagi markaziy muvofiqlashtiruvchi rolida qo‘llab-quvvatlash, “ikki tomonlama standartlar” hamda terrorizmga qarshi kurash masalalarini siyosiylashtirishga qarshi turish zarurligini ta’kidladi.
Diplomat, shuningdek, aksariyat mamlakatlar irodasi va manfaatlarini aks ettiruvchi adolatli va oqilona internet boshqaruv tizimini yaratishda yordam berishga chaqirdi.
“Ko‘p tomonlama muvofiqlashtirishni kuchaytirish, terrorizmga qarshi kurash va kiberxavfsizlik sohalarida qoidalarni ishlab chiqishda faol ishtirok etish, BRIKS mamlakatlari ovozi va ta’sirini kuchaytirish, umumiy manfaatlarni himoya qilish zarur”, — deya qo‘shimcha qildi Van I.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda jahon yalpi ichki mahsulotining 50% dan ortig‘i jahon janubidagi mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. BRIKS mamlakatlari esa jahon iqtisodiyotining taxminan 1/3 qismini tashkil qiladi.
BRIKS rivojlanayotgan ko‘p qutbli dunyoning yadrosiga aylandi — Valentina Matviyenko