O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini rivojlantirish loyihalarini faol ilgari surmoqda

Ekspert: joriy yil aprelida biz Termizda barcha tomonlar ishtirokida uchrashuv tashkil qildik, Belarus ham bu yo‘lakka qo‘shildi
Sputnik
O‘zbekiston mavjud va yangi transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni faol ilgari surmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan videoko‘prik davomida ma’lum qildi.
"Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" Andijon, O‘sh, Irkeshtam va Qashg‘ar orqali multimodal tashuvlari hisoblanadi. Yuk tashish asosan temir yo‘l orqali amalga oshirilib, keyin avtomobil transportiga qayta yuklanishi, so‘ngra Andijondan Markaziy Osiyo, Eron yoki Turkiyaga o‘tishi mumkin", — dedi u.
Bundan tashqari, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokistonni bog‘laydigan yangi koridor faol ilgari surilmoqda.
Bugungi kunda Xitoy hududiga, Qashg‘argacha yuk tashish asosan temir yo‘l orqali amalga oshirilib, keyin avtomobil transportiga qayta yuklanishi, so‘ngra Andijondan temir yo‘l orqali Markaziy Osiyo, Eron yoki Turkiyaga o‘tishi mumkin.
"Joriy yil aprelida biz Termizda barcha tomonlar ishtirokida uchrashuv tashkil qildik, Belarus ham bu yo‘lakka qo‘shildi", — deya qayd etdi u.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.