TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Ukrainaning yangi tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayanidan foydalanishdan chiqarilgan harbiy texnika so‘radi, deya xabar berdi RIA Novosti Ukrfbyf diplomatik idorasiga tayanib.
“Antonio Tayani bilan suhbat... Men ham Italiyaning foydalanishdan chiqarilgan harbiy texnikasiga qiziqishimizni bildirdim”, — deya Sibiga so‘zlaridan iqtibos keltiradi Ukraina TIV matbuot xizmati.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va NATO mojaroda bevosita ishtirok etmoqda, jumladan, nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi. Kremlning ta’kidlashicha, Ukrainani G‘arb qurollari bilan to‘ldirish muzokaralarga hissa qo‘shmaydi va salbiy ta’sir ko‘rsatadi.