Matbuot markazi

Rossiya va YeOII hamkorligi: “Shimol-Janub” yo‘lagini rivojlantirishga nima turtki beradi?

Ekspert: samarali transport tizimi deb nomlangan yangi milliy loyihani shakllantirish yakunlanmoqda. Unda to‘qqizta federal loyiha ishlab chiqiladi va kiritiladi.
Sputnik
Rossiya va YeOII o‘rtasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari “Shimol-Janub” yo‘lagini rivojlantirishni tezlashtiradi. Bu haqda “Xalqaro transport koridorlari direksiyasi” ANT xalqaro hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Petrov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan videoko‘prik chog‘ida ma’lum qildi.
“Rossiya va YeOII mamlakatlari, ShHTning Hindiston, Eron, Pokiston va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan biznes hamkorligining yangi yo‘nalishlari “Shimol-janub” yo‘lagining rivojlanishiga yangi turtki berishiga olib keladi”, — dedi Petrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, samarali transport tizimi deb nomlangan yangi milliy loyihani shakllantirish yakunlanmoqda. Unda to‘qqizta federal loyiha ishlab chiqiladi va kiritiladi.
Avvalroq O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Toshkent YeOII bilan savdodagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etishdan manfaatdor hamda “Shimol-Janub” yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.