Putin: 34 ta davlat BRIKS ishiga qo‘shilish istagini bildirdi

Putin: Bugungi kunda o‘ttizdan ortiq davlat, aniqrog‘i 34 ta davlat uyushmamiz faoliyatiga u yoki bu shaklda qo‘shilish istagini bildirgan.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘nlab davlatlar BRIKS ishida ishtirok etishni xohlaydi. Bu haqda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin xavfsizlik masalalari bo‘yicha birlashma mamlakatlari yuqori vakillarining yig‘ilishida ma’ulm qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Bugungi kunda o‘ttizdan ortiq davlat, aniqrog‘i 34 ta davlat uyushmamiz faoliyatiga u yoki bu shaklda qo‘shilish istagini bildirgan (BRIKS – tahr.)", – dedi Rossiya prezidenti.
Uning qayd etishicha, Rossiya amaldagi rais sifatida birgalikdagi ishlarni tashkil etishga mas’uliyat bilan yondashgan. U yangi ishtirokchi mamlakatlarning BRIKSning barcha mexanizmlariga eng tez va eng organik integratsiyalashuviga hissa qo‘shdi.
“Rossiya raisligi o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini boshladi, jumladan, transport vazirlari, geologik tadqiqotlar bo‘limlari rahbarlari va BRIKS yadroviy tibbiyot forumi. Madaniy-gumanitar yo‘lda BRIKS fuqarolik va akademik forumlari, do‘stlik sport o‘yinlari, shuningdek, Rossiyaning turli shaharlarida o‘tkazilgan tematik festivallar va ko‘rgazmalar katta rezonansga ega bo‘ldi”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.
BRIKSning bu yilgi sammiti 22-24 oktabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tadi. Putin davlat rahbarlariga ushbu uchrashuvda “har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini tubdan muhokama qilish” kutayotganini yetkazishni so‘radi.
BRIKSga yillik raislik 1-yanvar kuni Rossiyaga o‘tdi. Yil uyushmaga yangi a’zolarning qo‘shilishi bilan boshlandi — Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikadan tashqari, endi unga Misr, Efiopiya, Eron, BAA va Saudiya Arabistoni kiradi.
Xitoy BRIKS davlatlarini terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirishga chaqiradi