TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Sputnik matbuot markazida Moskva, Toshkent, Ostona, Boku va Bishkekdagi ekspertlar ishtirokida ShHT va YeOII transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalari muhokama qilishdi.
Moskvadan ishtirokchilar: "Xalqaro transport koridorlari direksiyasi" ANTning xalqaro hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Petrov, "Rossiya eksport markazi" AJning eksport logistikasini rivojlantirish bo‘yicha direktori Galina Erenjenova.
Toshkentdan ishtirokchilar: O‘zbekiston Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov, O‘zbekiston Transport vazirligi Xalqaro hamkorlik, logistika va reyting boshqarmasi boshlig‘i Nodir Haydarov.
Ostonadan ishtirokchi: Qozog‘iston Transport vazirligining Transport siyosati boshqarmasi boshlig‘i Asemgul Raxmetova.
Bokudan ishtirokchi: Ozarbayjon Fan va ta’lim vazirligi Iqtisodiyot instituti dotsenti, yetakchi ilmiy xodimi Emin Mammadzade.
Bishkekdan ishtirokchi: siyosiy fanlar nomzodi Alina Moldokeyeva.
Ekspertlar yaqin kelajakda ShHT va YeOII doirasida transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar haqida so‘z yuritishdi.