Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Peskov Rossiya armiyasining maxsus harbiy operatsiyasini davom ettirish imkoniyatlarini baholadi

Peskov: Rossiya Qurolli kuchlari Maxsus harbiy operatsiyanidavom ettirish uchun to‘liq vositalarga ega.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari maxsus harbiy operatsiyani davom ettirish uchun to‘liq vositalar arsenaliga ega. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiya Federatsiyasiga chuqur zarba berish uchun uzoq masofali qurollardan foydalanishga ruxsat berish masalasini o‘rganish davom etayotganini e’lon qildi. AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya yaqin kunlarda unga yetkazib berilgan Eron raketalaridan foydalanish niyatida ekanini aytdi.

"Rossiya qurolli kuchlarining faoliyatiga kelsak, ular maxsus harbiy operatsiyani davom ettirish uchun barcha zarur vositalarning to‘liq arsenaliga ega", — dedi Peskov jurnalistlarga AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning Rossiya go‘yoki yaqin kunlarda Eron raketalaridan foydalanishi haqidagi bayonotiga munosabat bildirayotib.

Uning aytishicha, AQShning Rossiya Federatsiyasini tiyib turish maqsadida Ukrainadan xarajat materiali sifatida foydalanish siyosatidan voz kechishi ko‘p jihatdan mojaroga chek qo‘yishi mumkin.