TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 12-sentabr kuni soat 13:00 da Moskva – Toshkent videomuloqoti bo‘lib o‘tadi.
Unda 9-10 sentabr kunlari Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari muhokama qilinadi.
Videomuloqotda quyidagi mutaxassislar ishtirok etadi:
Moskvadan: siyosatshunos, Moliya universiteti eksperti Ruslan Safarov;
Toshkentdan: "Ma’no" tadqiqotlar markazi direktori Baxtiyor Ergashev.
Tashrif doirasida qanday kelishuvlarga erishildi? Loyihalarni amalga oshirish va hukumatlar tomonidan ularni muvofiqlashtirish bo‘yicha qanday choralar ko‘riladi? Uzoq muddatli hamkorlik istiqbollari qanday? Mutaxassislar bu va boshqa savollarga javob berishadi.
Jurnalistlar ishtirok etishga taklif qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon raqami va Telegram manzili: +998971907178, @alisherakimbaev.