Matbuot markazi

BTSA rektori: O‘zbekiston Strategik tashabbuslar ekspert markazi 4 ta tadqiqot olib bormoqda

Shu yili Strategik tashabbuslar ekspert markazi ochildi, unda O‘zbekiston va Rossiya ilmiy jamoalari hamkorligida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Sputnik
O‘zbekiston Strategik tashabbuslar ekspert markazi to‘rtta qo‘shma tadqiqot olib bormoqda. Bu haqda Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi (BTSA) rektori Vittoriya Idrisova Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Shu yili Strategik tashabbuslar ekspert markazi ochildi, unda O‘zbekiston va Rossiya ilmiy jamoalari hamkorligida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Tadqiqot mavzulariga quyidagilar kiradi:
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmini oshirish;
energiya iste’moli prognozi;
suv resurslaridan foydalanish;
investitsiyalarni jalb qilish.
Uning ta’kidlashicha, joriy yilning oxirigacha, noyabr-dekabr oylariga qadar aniq yakuniy taklif ishlab chiqariladi. Natijalar joriy yilning noyabr oyida hukumatlararo komissiya doirasida taqdim etiladi.
Batafsil – Sputnik O‘zbekiston videosida.