Matbuot markazi

Anons: ShHT va YeOII transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi

Tadbir videoko‘prik formatida o‘tkaziladi. Unda Moskva, Toshkent, Ostona, Boku va Bishkekdan ekspertlar ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Ertaga, 11-sentabr kuni, soat 13.00 da Sputnik matbuot markazida ShHT va YeOII transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Tadbir videoko‘prik formatida bo‘lib o‘tadi. Unda Moskva, Toshkent, Ostona, Boku va Bishkekdan ekspertlar ishtirok etadi.
Moskvadan ishtirokchilar: "Xalqaro transport koridorlari direksiyasi" ANTning xalqaro hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Petrov, "Rossiya eksport markazi" AJning eksport logistikasini rivojlantirish bo‘yicha direktori Galina Erenjenova.
Toshkentdan ishtirokchilar: O‘zbekiston Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov, O‘zbekiston Transport vazirligi Xalqaro hamkorlik, logistika va reyting boshqarmasi boshlig‘i Nodir Haydarov.
Ostonadan ishtirokchi: Qozog‘iston Transport vazirligining Transport siyosati boshqarmasi boshlig‘i Asemgul Raxmetova.
Bokudan ishtirokchi: Ozarbayjon Fan va ta’lim vazirligi Iqtisodiyot instituti dotsenti, yetakchi ilmiy xodimi Emin Mammadzade.
Bishkekdan ishtirokchi: siyosiy fanlar nomzodi Alina Moldokeyeva.
Demak, ekspertlar yaqin kelajakda ShHT va YeOII doirasida transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar haqida so‘z yuritishadi.
Videoko‘prikda quyidagi savollarga javob beriladi:
ShHT va YeOII doirasida transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar doirasida ShHT va YeOIIga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik qanday muvofiqlashtiriladi va samarali integratsiyani qanday mexanizmlar ta’minlaydi?
Mamlakatlar o‘z transport tarmoqlarini ShHT va YeOII yo‘laklariga qanday qilib integratsiya qilmoqda?