O‘zbekiston Rossiyada o‘tadigan “Keyeda” xalqaro teatr festivalida ishtirok etadi

Festival 10-15 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri jamoasi Rossiyada o‘tkaziladigan “Keyeda” xalqaro teatr festivalida ishtirok etadi. Bu haqda teatr matbuot xizmati Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Rossiyaning Elista shahrida 10-15 sentabr kunlari “Keyeda” xalqaro teatr festivali bo‘lib o‘tadi.
“O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri jamoasi Rossiyaning Elista shahrida bo‘lib o‘tadigan “Keyeda” xalqaro teatr festivalida ishtirok etish uchun ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi”, — deya aniqlik kiritdi matbuot xizmati vakili.
V Kalmikii proydet festival spektakley dlya detey "Keyeda"
Festival dasturiga ko‘ra, tadbir doirasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Iskandarovaning rus tilidagi “Muxa-sokotuxa” muzikl spektakli namoyish etiladi. Rollarda: Ulug‘bek Rustamov, Dilnavoz Ahmedova, Sherzod Ahmedov, Nargiza Rustamova, Feruz Xudoyberdiyev, Dilnavoz Ismatullayeva, Abdulloh Ismoilov.
Festivalda, shuningdek, Dog‘iston, Ozarbayjon kabi davlatlar ham o‘z spektakllari bilan ishtirok etadi.