Rossiya bilan hamkorlik sifat ko‘rsatgichlariga mos bo‘lishi kerak — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vaziri Rossiya bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik loyihalarida mavjud kamchiliklar bartaraf etiladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deb yozmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida Rossiya Federatsiyasi bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Rossiya bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda Rossiya bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalarining joriy holati tahlil qilindi va har bir yondashuv tizimli hamda sifat ko‘rsatgichlariga mos bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi.
O‘zbekiston Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirdi
Qishloq xo‘jaligi vaziri Rossiya bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
“Loyihalarni amaliyotga tatbiq etishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sanab o‘tildi hamda ularni bartaraf etish borasida tegishli mas’ullarga zudlik bilan chora ko‘rish kerakligi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlarining hozirgi holati ham tahlil qilindi.
Yig‘ilish yakunida Belarus, Ozarbayjon, Qatar kabi davlatlar bilan o‘rnatilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash borasida ham mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya rahbarining may oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Karantin va o‘simliklarni himoya qilish agentligi hamda Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati o‘rtasida fitosanitariya sohasida raqamli hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan edi.