TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi, deya xabar berdi O‘zbekiston bosh vaziri matbuot kotibi.
“Joriy yilning 9-10 sentabr kulari Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan keladi”, — deyiladi xabarda.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish o‘rin olgan.
Shuningdek, Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda boshqa obyektlarga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.