Mirziyoyev ishtirokidagi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimi qanday o‘tdi?

O‘zbekiston prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezident Uzbekistana prinyal uchastie v seremonii otkritiya Vsemirnix igr kochevnikov
"Ostona arena"da bo‘lib o‘tgan tadbirda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Tatariston raisi Rustam Minnixanov va boshqa xorijiy mehmonlar ham qatnashdi.
Prezident Uzbekistana prinyal uchastie v seremonii otkritiya Vsemirnix igr kochevnikov

“Musobaqada dunyoning 90 taga yaqin davlatidan 2 mingdan ortiq sportchi, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda. Hamurtlarimiz kurash, alish, arqon tortish, kamondan o‘q otish, poyga, pahlavonlar bellashuvi kabi yo‘nalishlarda kuch sinashadi”, — deyiladi xabarda.

Prezident Uzbekistana prinyal uchastie v seremonii otkritiya Vsemirnix igr kochevnikov
Ishtirokchilarga ko‘chmanchi xalqlarning boy madaniyati va tarixi, an’ana va urf-odatlariga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etildi.
Prezident Uzbekistana prinyal uchastie v seremonii otkritiya Vsemirnix igr kochevnikov
Marosimdan so‘ng O‘zbekiston yetakchisi Toshkentga jo‘nab ketdi.
Eslati o‘tamiz, O‘zbekistonda 2026-yilda Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari Qirg‘iziston brendidir. Ular birinchi marta 2014-yilda o‘tkazilgan. 2016 va 2018-yillarda ular Qirg‘izistonda ham bo‘lib o‘tgan. 2022-yilda o‘yinlar Turkiyada bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, bu yil Qozog‘istonda o‘tkaziladi. Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari loyihasining asosiy jihati sport, madaniy va ilmiy dasturlarning uchligidir. Bu komponentlarning o‘zaro aloqadorligi milliy etnik sport turlarini, umuman, ko‘chmanchi madaniyatni har tomonlama o‘rganish va jahon miqyosida targ‘ib qilish imkonini beradi.
Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan o‘yinlarning sport dasturi doirasida 20 ta bellashuv va 10 ta ko‘rgazmali sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Bu shunchaki sport musobaqasi emas, balki 80 tadan ortiq mamlakatlarni birlashtirgan ko‘chmanchi xalqlarning madaniy merosiga chuqur singdirishdir.