TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekiston qariyb 11 mln dollarga teng qovun eksport qildi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
O‘zbekiston shu yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 10,8 mln dollarga teng bo‘lgan 24,3 ming tonna qovun eksport qilgan.
7 oyda eng ko‘p qovun eksport qilingan davlatlar:
Qirg‘iziston – 7,2 ming tonna;
Qozog‘iston – 6,2 ming tonna;
Rossiya – 5,9 ming tonna;
Latviya – 1,3 ming tonna;
Germaniya – 0,8 ming tonna.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston xalq seleksiyasida 150 dan ortiq qovun navlari bor. Mamlakatda eng ko‘p ekiladigan qovun navlari: “Oqurug‘”, “Asate 3806”, “Bo‘rikalla”, “Ko‘ktinna”, “Ko‘kcha”, “Qizilurug‘”, “Mahalliy sariq handalak”, “Obi Novvot”, “Shakarpalak”, “Gurlan” kabilardir.