Tramp Putindan xafa bo‘ldi

Tramp Putinning Xarrisni qo‘llab-quvvatlash qarori uni xafa qilganini tan oldi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning saylovda Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlash haqidagi qarori uni haqoratlaganini tan oldi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Avvalroq Rossiya yetakchisi Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisidagi chiqishi chog‘ida Amerikaning amaldagi prezidenti Jo Bayden tavsiya qilganidek, Moskva Xarrisni qo‘llab-quvvatlashini aytgan edi.
Putinning qayd etishicha, demokratdan nomzodning yuqumli kulgisi uning yaxshi ishlayotganidan dalolat beradi.
“Men Putinni yaxshi bilardim. U Kamalani qo‘llab-quvvatladi. Bu meni juda haqoratladi”, — dedi Tramp Viskonsin shtatidagi chiqishida tarafdorlariga.
Tramp, shuningdek, Rossiya davlat rahbari nega bunday bayonot berganiga savol berdi va uni shaxmatchi deb atadi. Sobiq prezident Rossiya rahbari o‘z so‘zlarini tabassum bilan aytganini tan oldi.
"Men bundan xafa bo‘lishim kerakmi? Yo‘q?", — deb xulosa qildi Tramp.
Bundan tashqari, siyosatchi uning davrida Ukraina mojarosi ro‘y bermasligiga yana bir bor ishonch bildirdi.
AQShda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Demokratik partiyani Xarris, Respublikachilar partiyasiga Tramp vakillik qiladi.
O‘zga sayyoraliklar, Ukraina bilan kelishuv va Durov: Vladimir Putinning asosiy fikrlari