TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Toshkent markaziy vokzalida chiptalar haqiqiyligini tekshiruvchi turniketlar ishga tushdi, deya xabar berdi "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ.
Qayd etilishicha, ushbu turniketlar elektron chiptalardagi QR-kodni skaner qilib, chipta haqiqiy bo‘lsa, yo‘lovchini perronga chiqishga ruhsat beradi.
“Soxta yoki qaytarilgan chiptaga ega bo‘lgan yo‘lovchilarga esa poyezdga chiqishga ta’qiq o‘rnatadi”, — deyiladi xabarda.
Yil oxirigacha chiptaxonalardan rasmiylashtiriladigan chiptalar ham elektron ko‘rinishga o‘tishi rejalashtirilgan.