Sport vaziri Adham Ikramov Qozog‘istonga bordi

Bugun Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilishi bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan “V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari” tadbirlari doirasida O‘zbekiston Sport vaziri Adham Ikramov Qozog‘iston Turizm va sport vaziri Yerbol Murzabusinov bilan uchrashdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Sport vaziri Adham Ikramov Qozog‘iston Turizm va sport vaziri Yerbol Murzabusinov bilan uchrashdi
“Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan “V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari” munosabati bilan mezbonlarni qizg‘in qutlab, bu kabi musobaqalar mintaqamiz xalqlari do‘stligini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi”, — deyiladi xabarda.
Qozog‘iston Turizm va sport vaziri ham o‘z navbatida Parijda o‘tkazilgan yozgi olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari erishgan ulkan g‘alabalar bilan tabrikladi.
Ma’lumot uchun, bugun Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilishi bo‘lib o‘tadi. Keng ko‘lamli turnir doirasida yakkakurashlarning milliy turlari, kamondan otish, an’anaviy intellektual va xalq o‘yinlari, ot sporti musobaqalari o‘tkaziladi. Musobaqada 89 davlat ishtirok etishini tasdiqladi va 2,5 mingdan ortiq sportchi kelishi kutilmoqda. Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining umumiy mukofot jamg‘armasi 253 million tengeni (526,4 ming dollar) tashkil etadi. Miqdorlar har bir tur uchun individualdir.
O‘zbekiston 2026-yilda Ko‘chmanchilar o‘yinlariga mezbonlik qiladi