Matbuot markazi

Ulug‘ Vatan urushi qurbonlari xotirasi: O‘zbekiston bilan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Ro‘yxatlar tekshirish uchun O‘zbekistondagi hamkasblarimizga yuboriladi, deydi Petrovich.
Sputnik
Ulug‘ Vatan urushi qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha O‘zbekiston bilan qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Bu haqda Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda Moldovaning “Pobeda” milliy muvofiqlashtirish qo‘mitasi rahbari Aleksey Petrovich @soldat_pobedi aytib berdi.
“Men va hamkasblarim faoliyatida o‘zbekistonliklarning familiyalari tez-tez uchrab turadi. Talaffuzi noodatiy bo‘lgani tufayli biz uchun bunday ismlarni to‘g‘ri yozish qiyin. Shu sababli ro‘yxatlar tekshirish uchun O‘zbekistondagi hamkasblarimizga yuboriladi”, — dedi u.
Bu ularning ismlarini keyinchalik qayta tiklanayotgan yodgorliklarda, marmar toshlarda to‘g‘ri yozib abadiylashtirishga yordam beradi, deya qo‘shimcha qildi Petrovich.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.