TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 2024-yilning 1-yanvar holatiga internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 30,1 milliontani tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,5 % ga oshgan.
Hududlar orasida internet tarmog‘iga ulanganlar soni:
eng ko‘p abonentlar soni Toshkent shahrida - 6,3 mln;
eng kam abonentlar soni Sirdaryo viloyatida - 0,7 mln.