O‘zbekiston va YeOII

YeIK Mo‘g‘uliston bilan vaqtinchalik savdo shartnomasi bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazdi

Joriy yil oxirigacha shartnoma imzolash imkoniyatini ta’minlash uchun zarur sa’y-harakatlarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Sputnik
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. 5-6 sentabr kunlari Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) maydonida Mo‘g‘uliston tomoni bilan vaqtinchalik savdo shartnomasini tayyorlash bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
“Maslahatlashuvlar natijalariga ko‘ra, hamkasblarimiz bilan joriy yil oxirigacha shartnoma imzolash imkoniyatini ta’minlash uchun zarur sa’y-harakatlarni amalga oshirishga kelishib oldik”, — dedi YeIK Savdo siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Mixail Cherekayev.
Mo‘g‘uliston bilan vaqtinchalik savdo shartnomasini tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlash to‘g‘risidagi qaror 2024-yil 8-mayda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi tomonidan qabul qilingan. Muzokaralar raundi 2-iyuldan 3-iyulgacha bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII tovarlar harakatiga 10-yillik cheklovlarni bekor qildi