Matbuot markazi

Xotirani abadiylashtirishning bunday uslubini birinchi ko‘rishim — Petrovich

Frontda halok bo‘lganlar xotirasini abadiylashtirishning bunday noyob shaklini birinchi marta ko‘rishim, dedi moldovalik mehmon Toshkentdagi yodgorlik majmuasi haqida.
Sputnik
Moldovaning "Pobeda" muvofiqlashtirish qo‘mitasi rahbari Aleksey Petrovich @soldat_pobedi Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekistonga tashrifi taassurotlari haqida batafsil aytib berdi.
Toshkentda Ulug‘ Vatan urushida halok bo‘lgan o‘zbek askarlariga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
“Xotirani abadiylashtirishning bunday shaklini birinchi marta ko‘rishim. Frontda halok bo‘lgan barcha yurtdoshlar nomi bronza sahifalarda abadiylashtirilgan. Bu yuqori did va o‘zgacha moslik bilan qilingan mashaqqatli va nihoyatda muhim mehnat”, - ta’kidladi ma’ruzachi.
Batafsil – Sputnik videolavhasida tomosha qiling.