O‘zbekiston va YeOII

YeOII tovarlar harakatiga 10-yillik cheklovlarni bekor qildi

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati Bojxona ittifoqi komissiyasi qarorini kuchini yo‘qotgan deb topdi
Sputnik
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) 10-yil avval qabul qilingan aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar harakati bo‘yicha cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur qaror bilan vakolatli iqtisodiy operatorlarga (VIO) taqdim etilgan maxsus yengilliklar qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan tovarlar ro‘yxati tasdiqlangan. Ushbu ro‘yxatga aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar kiritilgan va 10-yildan ortiq vaqt davomida qo‘llanilgan.

"Ko‘p yillar davomida mavjud bo‘lgan ma’lum toifadagi tovarlarga nisbatan yengilliklarni qo‘llash bo‘yicha cheklovning bekor qilinishi bunday tovarlarni import qiluvchi VIOlarning xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Makroiqtisodiy beqarorlik sharoitida, shu jumladan, logistikadagi qiyinchiliklarda bu Ittifoq biznesini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chorasidir”, — dedi YeIK bojxona hamkorligi bo‘yicha vaziri Eldar Alisherov.

Qaror YeOIIda VIO institutini yanada rivojlantirishga, unga ko‘proq kompaniyalarni, shu jumladan, aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni import qiluvchilarni jalb qilishga yordam beradi.
VIO - bojxona operatsiyalari va bojxona nazoratini amalga oshirishda yengilliklar berilgan, ma’lum talablarga javob beradigan va risk darajasi past bo‘lgan guruhga kiruvchi shaxslarning alohida toifasi.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston YeIK bilan davlat xaridlari sohasida muloqotni rivojlantirmoqchi