Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari DXRdagi Zavetnoyeni ozod qildi

Mudofaa vazirligi: Rossiya Qurolli kuchlari DXRning Zavetnoe aholi punktini ozod qildi.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari DXRning Zavetnoe aholi punktini nazoratga oldi, deya xabar qildi Mudofaa vazirligi.
“Markaz” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalarining faol harakatlari natijasida Donesk Xalq Respublikasining Zavetnoe aholi punkti ozod qilindi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, "Markaz" jangchilari Zerjinska, Krasnoarmeysk, Sherbinovka, Grodovka, Juravka, Mixaylovka, Selidovo va Memrik hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining yettita brigadasining ishchi kuchi va texnikasini yakson qilishdi, shuningdek, dushmanning sakkizta qarshi hujumini qaytarishdi.
Ukraina armiyasi yo‘qotishlari: 530 nafarga yaqin askar halok bo‘ldi va yaralandi, ikkita tank, zirhli transport vositasi, uchta avtomobil, Fransiyaning "Caesar" quroli, "Msta-B" gaubitsasi, ikkita D-20 quroli, uchta D-30 gaubitsasi, "Rapira" tankka qarshi qurol.