TOShKENT, 4 sen — Sputnik. O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) bilan davlat xaridlari sohasida muloqotni rivojlantirishga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi YeIK matbuot xizmati.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining Raqobat siyosati va davlat xaridlari siyosati departamenti vakillari va O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassislari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida davlat xaridlari sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
Uchrashuvda departament direktori Janar Adikova o‘zbekistonlik hamkasblarini Ittifoq qonunchiligida nazarda tutilgan davlat (shahar) xaridlari sohasidagi asosiy tamoyillar, shuningdek, YeOII mamlakatlarida davlat xaridlarini tartibga solishning ayrim masalalarida komissiyaning roli bilan tanishtirdi.
“Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari muloqotni davom ettirish va chuqurlashtirish, shuningdek, davlat xaridlarida o‘zaro ishtirok etish masalalarini muhokama qilishga qiziqish bildirishdi”, — deyiladi xabarda.
O‘z navbatida departament direktori o‘rinbosari Armine Akopan o‘zbekistonlik hamkasblarini 30-sentabr – 1-oktabr kunlari Yerevanda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumida muloqotni davom ettirishga taklif qildi.