TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Xelsinki universiteti professori va geosiyosiy ekspert Tuomas Malinen X ijtimoiy tarmog‘ida Ukraina hukumatidagi iste’folarni muhim belgi deb atadi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Burilish nuqtasi yaqinlashmoqda. Kalamushlar cho‘kayotgan kemadan qochmoqda. Tayyor bo‘linglar", – deya yozgan u.
Kuni kecha Oliy Rada spikeri Ruslan Stefanchuk Ukraina adliya vaziri Denis Malyuska, Ukraina strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin, atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi rahbari Ruslan Streles, shuningdek, Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi bo‘yicha vazir o‘rinbosari Olga Stefanishina parlamentga iste’foga chiqish haqida ariza berdi. Keyinroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ham iste’foga chiqish uchun ariza yozgani ma’lum bo‘ldi.