Vladivostokda Sharqiy iqtisodiy forum boshlandi — video

IX Sharqiy iqtisodiy forumda (VEF) 76 ta mamlakatdan 6000 nafardan ortiq kishi ishtirok etmoqda. Forum 3-6 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
Forum doirasida 100 tadan ortiq tadbir rejalashtirilgan. Ularning asosiy mavzulari: "Xalqaro hamkorlikning yangi qirralari", "Mustaqillik texnologiyalari", "Qadriyatlarning moliyaviy tizimi", "Uzoq Sharq Rossiyasi", "Xalq, ta’lim va vatanparvarlik", "Transport va logistika: yangi marshrutlar” va “Bosh rejalar: arxitekturadan iqtisodiyotgacha”.
Forumning yalpi majlisida 5-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin so‘zga chiqadi. Shuningdek, tadbirda Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim va Xitoy Xalq Respublikasi raisi o‘rinbosari Xan Chjen ham ishtirok etadi.

Sputnik Sharqiy iqtisodiy forum-2024 ning bosh axborot hamkori.